Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro moliya institutlari oʻrtasidagi xalqaro zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni tuzish va denonsatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida (850-XII-son)
07.05.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ushbu Qonun chet el sarmoyalarini jalb etish jarayonini tezlashtirishni taʼminlovchi zarur huquqiy sharoitlarni yaratadi.
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi toʻla huquqli aʼzo boʻlgan xalqaro moliya institutlari bilan zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni imzolash va denonsatsiya qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisiga va u vakolat bergan idoralarga tegishlidir.
2-modda.
Xalqaro moliya institutlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan organlar tomonidan tuzilgach, ratifikatsiya qilinmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
850-XII-son
