Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida (848-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Axborotlarni maxfiylashtirish, ular bilan tanishish uchun ijozat berish tartibini hamda shu bilan bogʻliq cheklovlarni, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish tartibini oʻzida mujassam etuvchi davlat sirlarini saqlash tizimini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga maxfiy maʼlumotlar bilan ishda foydalanish uchun berilgan ijozatni toʻxtatish yoki bundan mahrum qilish fuqaroni oʻziga maʼlum boʻlgan davlat sirlarini oshkor qilmaslik majburiyatidan xalos etmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-98850
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 6-modda. Davlat sirlarini saqlash tizimi Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida (848-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-98845/6 (lex.uz/docs/-98850)