36-modda. Ishsizlik nafaqasi toʻlashni toʻxtatib turish va butunlay toʻxtatib qoʻyish
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Quyidagi hollarda:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz taklif qilingan maqbul ishni ikki marta rad etsa;
ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs pesiya yoshiga yetgan taqdirda;
ishsiz maqomiga ega boʻlgan shaxs ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoga hukm etilgan boʻlsa;
ishsiz shaxs davolash-mehnat profilaktoriysida davolash kursini oʻtayotgan boʻlsa;
ishsiz shaxs qayta tayyorlash va kasb malakasini oshrishga yuborilgan boʻlsa;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida ish bilan taʼminlash davlat xizmatini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan boʻlsa;
ishsizlik nafaqasini aldov yoʻli bilan olishga urinsa ishsizlik nafaqasini toʻlash bekor qilinadi.
Quyidagi hollarda:
uzrsiz sabablarga koʻra koʻrsatilgan muddatda ish bilan taʼminlash davlat xizmatiga kelmasa;
mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan boʻshatilgan boʻlsa, ishsizlik nafaqasini toʻlash 3 oygacha muddatga toʻxtatib turiladi yoki uning miqdori kamaytiriladi.
