Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Uzoq muddatli tanaffusdan keyin yana mehnat faoliyatini boshlashga harakat qilayotgan ishsizlarga:
ixtisosi boʻlgan shaxslar ishga joylashish uchun kasb oʻrganish malakasini oshirishi yoki qayta taʼlim olishi talab qilinmasa, 12 oy mobaynida haq toʻlanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam boʻlmasa belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda;
boshqa hollarda, shu jumladan ixtisosi boʻlmagan kishilarga ish bilan taʼminlash davlat xizmati kasb oʻrganish imkoniyatini bermagan taqdirda belgilangan eng kam ish haqining 75 foizi miqdorida nafaqa toʻlanishiga kafolat beriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-14893
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 34-modda. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasining miqdori Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-9878/34 (lex.uz/docs/-14893)