18-modda. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi muvofiqlashtirish qoʻmitalari
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Ish bilan taʼminlash siyosatini belgilash va amalga oshirish boʻyicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqish maqsadida respublika miqyosida va mahalliy darajalarda kasaba uyushmalarining, ish beruvchilar uyushmalari va davlat boshqaruvi idoralarining vakillaridan ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi muvofiqlashtirish qoʻmitalari tuziladi. Kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning vakillari qoʻmitalarning tarkibiga teng miqdorda kiritiladi.
Muvofiqlashtirish qoʻmitalarini tashkil etish va ularning ish tartibini qoʻmitalarda vakillik qiluvchi tomonlar belgilaydi.
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi muvofiqlashtirish qoʻmitasining faoliyatini respublika darajasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi, mahalliy darajada esa xalq deputatlari tegishli Sovetlari uyushtiradi.
