15-modda. Ish bilan taʼminlashni tartibga solish
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi idoralari:
iqtisodiyot strukturasini tahliliy tadqiq etadilar, mehnat bozori ahvolini va aholi bandligi sohasidagi vaziyatni oldindan taxmin qiladilar, bu sohada davlat statistika hisob-kitobini va hisobini amalga oshiradilar;
ish bilan taʼminlashning respublika va mintaqa dasturlarini ishlab chiqadilar hamda tegishli xalq deputatlari Sovetlari muhokamasiga kiritadilar, bunday dasturlarni amalga oshirishni oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydilar;
ijtimoiy ishlab chiqarishda qoʻshimcha ishchi oʻrinlar vujudga keltirilishiga, mehnat sharoitlari yaxshilanishiga koʻmaklashadilar;
tadbirkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantiradilar, fuqarolarga kooperativlar, kichik korxonalar, ijara korxonalari va aksionerlik jamiyatlarining korxonalarini tashkil etishda koʻmaklashadilar;
mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi aholini ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.
