17-modda.
Davlat mukofotlari toʻgʻrisida (176-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar mukofotlar saqlanishini taʼminlashlari lozim.
Davlat mukofotlari, shuningdek ularga doir hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, taqdirlanganlar mukofotlarga nisbatan oʻz huquqlarini saqlab qoladilar.
Davlat mukofotlari tang ahvolga tushish natijasida yoʻqotilgan taqdirda istisno tariqasida ordenlar, medallar va koʻkrak nishonlarining asliga teng nusxalari berilishi mumkin.
Mukofot bilan taqdirlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek Faxriy yorliq yoʻqolgan taqdirda ularning asliga teng nusxalari belgilangan tartibda beriladi.
