“Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunini amalga kiritish haqida (844-XII-son)
07.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni eʼlon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonunga muvofiq 1993-yilning oxirigacha qonun hujjatlarining loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga kiritsin.
uch oy muddat ichida zarur qarorlar qabul qilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga zid keladigan hukumat va idoraviy meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
844-XII-son
