Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi oʻzgarish toʻgʻrisida (465-son)
05.11.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimi qisqartirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Agrosanoat kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimi kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-noyabr,
465-son
