Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida (1560-son)
10.04.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-aprelda 1560-son bilan davlat roʻyxatidan ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlarga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha Yoʻriqnoma” (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 25-yanvardagi 16-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning moliya organlarida buxgalteriya hisobini olib borish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2001-yil 17-fevral, roʻyxat raqami 1007 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 3-4-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 3-martdagi 76-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning moliya organlarida buxgalteriya hisobini olib borish boʻyicha yoʻriqnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2002-yil 22-iyul, 1007-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 14-son).
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-mart,
28-son
