Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-32-son) · Sana: 12.04.2006 · Amalda
Shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishining vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qaror, agar shirkat aʼzolarining ellik foizidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Qaror qabul qilinayotganda yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha shirkat aʼzosining qarori koʻrsatilgan va imzosi qoʻyilgan holda yigʻilishga yozma shaklda berilgan shirkat aʼzolarining ovozlari hisobga olinishi shirkat ustavida belgilab qoʻyilishi mumkin.
Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishida qabul qilingan qaror shirkatning barcha aʼzolari uchun majburiydir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-974124
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 22-modda. Shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilish Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-32-son). neolex.uz/uz/laws/law-974180/22 (lex.uz/docs/-974124)