Pochtani havoda tashishda pochta yuk xatlari shaklini belgilash toʻgʻrisida (1556-son)
03.04.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-aprelda 1556-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 101-moddasini bajarish boʻyicha va pochtani havo kemalarida tashishni rasmiylashtirishni tartibga keltirish maqsadida, shuningdek pochtani tashish sifatini oshirish uchun, Butunjahon pochta konvensiyasi nizomlariga amal qilib qaror qilamiz:
1. Ichki havo yoʻllarida pochta tashishlarini rasmiylashtiriladigan pochta yuk xatlari 1-ilovada* keltirilgan shaklda (16-a, 16-b, 33-shakllar) belgilansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Xalqaro havo yoʻllarida pochta tashishlarini rasmiylashtiriladigan pochta yuk xatlari 2-ilovada* keltirilgan shaklda (CN 38, CN 41, CN 47, CN 45-shakllar) belgilansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
01-61/3-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
01-8/915-son
