Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-31-son)
06.04.2006
Oʻzbekiston RespublikasI qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 13-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari beradigan gigiyena sertifikati asosida” degan soʻzlar “gigiyena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-aprel,
OʻRQ–31-son
