Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-28-son)
04.04.2006
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 26-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda maʼqullangan
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 54-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatish komissiyasini (tugatuvchini) tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatlarini belgilaydilar. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish komissiyasi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi”;
2) 55-moddaning:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatish komissiyasi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 101-moddaning:
uchinchi qismidagi “roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
2) 102-moddaning toʻrtinchi va yettinchi qismlaridagi “tugatilayotgan jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi “tartib raqami va litsenziya berilgan sana, uni bergan organ, shuningdek mazkur litsenziya qaysi muddatga berilganligi koʻrsatilgan holda” degan soʻzlar “tartib raqami, litsenziya berilgan sana va uni bergan organ koʻrsatilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
OʻRQ–28-son
