Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-308-son)
23.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirib borilayotgani, aholiga qoʻshimcha yer maydonlari berilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam koʻrsatib kelinayotgani shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpayishiga, ichki isteʼmol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan toʻldirishga imkoniyat yaratdi.
Ayni paytda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash, birinchi navbatda qoramol boqish va yetishtirish, shu asosda qishloq aholisining bandlik darajasini koʻtarish va oilalar daromadini oshirishning mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti. Chorva mol boqayotgan shaxslarni ish bilan band aholi toifasiga kiritish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari hal etilmagan. Xoʻjaliklarni zotdor, sermahsul chorva mol bilan, omuxta yem va shirali ozuqa bilan taʼminlash borasidagi ishlar qoniqarsiz ahvolda, zooveterinariya va boshqa servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha infratuzilma tarmogʻi, shuningdek, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni mikrokreditlash tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan taʼminlash va shu asosda oilalar daromadini oshirishning muhim omili sifatida chorva mollari, eng avvalo qoramol boqayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish uchun zarur huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish bilan band boʻlgan shaxslar, oʻzlari yetishtirgan chorvachilik mahsulotlaridan qanday foydalanishidan qatʼi nazar, ish bilan taʼminlangan aholi toifasiga kiritiladi va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻladilar.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol oʻstirish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda hisoblab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda mehnat daftarchalarini ochish va yuritish, mehnat organlarida hisobga olish, pensiya tayinlash uchun mehnat stajini hisoblash va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini belgilasin.
2. 2006—2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi maʼqullansin, unda:
mintaqalar boʻyicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida qoramollar sonini 1*-2-ilovalarga muvofiq koʻpaytirish;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari tarmogʻini 3-ilovaga muvofiq kengaytirish;
4-ilovaga muvofiq zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish nazarda tutilsin.
Dasturning tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (S. Ismoilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun fuqarolarga oʻzini-oʻzi boshqarish organlari — mahalla qoʻmitalarining kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan Tartibini tasdiqlasin.
4. “Homiylar va shifokorlar yili” Dasturiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylardagi ehtiyojmand va koʻp bolali oilalarga, eng avvalo maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari boʻlgan oilalarga har bir qishloq tumani boʻyicha kamida 100—200 oilani qamrab olgan holda, homiylar, shuningdek, nodavlat hayriya tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan hayriya yordami koʻrsatish boʻyicha aniq tadbirlar ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qishloq joylardagi ehtiyojmand koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda chorva mol boqish koʻnikmalari, sharoit va imkoniyatlari mavjudligi, jumladan omuxta yem va shirali ozuqa bilan taʼminlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojmand oilalarni aniqlashning qatʼiy mezonlari nazarda tutilsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, shu jumladan shartnomalar boʻyicha fermer xoʻjaliklaridan sotib olinadigan dondan ishlab chiqariladigan omuxta yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari bemalol olishini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini, 6-ilovaga muvofiq, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalarni berish yoʻli bilan taʼminlasinlar.
7. 2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha qabul qilinishi zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qaror talablarini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Dasturning bajarilishi yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari majlislarida koʻrib chiqilsin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-mart,
PQ-308-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 2-ILOVA
2006 — 2010-yillar davrida yirik qoramollar sonini koʻpaytirishi bilan shugʻullanadigan fermer xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish
PROGNOZI
Hududlar Chorvachilik bilan shugʻullanadigan fermerlik xoʻjaliklari soni (birlik) Fermer xoʻjaliklarida yirik qoramollar soni (ming bosh) 2005-yil (amalda) 2010-yil 2005-yilga nisbatan 2010-yil foizda 2005-yil (amalda) 2010-yil 2005-yilga nisbatan 2010-yil foizda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 716 820 115 38,6 66,0 171 viloyatlar: Andijon 462 960 208 18,6 43,0 231 Buxoro 642 840 131 25,0 42,0 168 Jizzax 421 460 109 8,6 22,0 256 Qashqadaryo 875 1010 115 28,2 70,0 248 Navoiy 753 820 109 17,6 30,0 170 Namangan 347 730 210 14,5 37,0 255 Samarqand 662 1180 178 32,9 67,0 204 Surxondaryo 551 840 152 37,4 66,0 176 Sirdaryo 302 340 113 9,6 20,0 208 Toshkent 717 1160 162 44,9 91,0 203 Fargʻona 791 1080 137 26,2 50,0 191 Xorazm 756 860 114 28,1 51,0 181 Jami 7995 11100 139 330,2 655,0 198
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 3-ILOVA
Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari tarmoqlarini kengaytirish boʻyicha
TOPSHIRIQ
birlik Hududlar Zooveterinariya punktlari soni Sunʼiy urchitish punktlari soni 2005-yil (amalda) Qoʻshimcha tashkil qilinadi shu jumladan: 2005-yil (amalda) Qoʻshimcha tashkil qilinadi shu jumladan: 2006-yil 2007-yil 2008-yil 2009-yil 2010-yil 2006-yil 2007-yil 2008-yil 2009-yil 2010-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi 40 80 17 17 16 15 15 60 24 4 4 5 7 4 viloyatlar: Andijon 79 60 12 13 12 12 11 80 25 3 5 7 5 5 Buxoro 140 65 25 14 10 8 8 52 25 4 6 6 5 4 Jizzax 103 25 3 6 6 5 5 15 25 4 6 5 5 5 Qashqadaryo 216 40 8 10 10 6 6 30 25 4 6 5 5 5 Navoiy 25 45 8 10 10 10 7 14 16 3 4 3 3 3 Namangan 65 60 15 15 12 10 8 90 20 5 5 4 3 3 Samarqand 409 25 5 8 5 4 3 51 25 5 6 5 5 4 Surxondaryo 215 25 10 5 5 3 2 38 27 6 5 6 5 5 Sirdaryo 46 25 4 6 6 5 4 14 27 7 5 5 5 5 Toshkent 143 35 10 8 8 5 4 40 36 7 6 6 6 11 Fargʻona 165 35 12 8 6 5 4 48 30 6 7 7 5 5 Xorazm 122 55 10 15 10 10 10 22 25 4 6 6 5 4 Jami 1768 575 139 135 116 98 87 554 330 62 71 70 64 63
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 4-ILOVA
2006 — 2010-yillarda yirik zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish
PROGNOZI
bosh Hududlar Jami v 2006 — 2010 yy. shu jumladan: 2006-yil 2007-yil 2008-yil 2009-yil 2010-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi 11 900 1 900 2 200 2 400 2 600 2 800 viloyatlar: Andijon 7 800 1 100 1 300 1 600 1 800 2 000 Buxoro 5 700 700 800 1 200 1 400 1 600 Jizzax 6 100 600 900 1 200 1 600 1 800 Qashqadaryo 14 900 2 500 2 800 3 000 3 200 3 400 Navoiy 6 050 650 800 1 200 1 600 1 800 Namangan 6 000 600 800 1 200 1 600 1 800 Samarqand 6 900 700 1 000 1 400 1 800 2 000 Surxondaryo 7 500 900 1 200 1 500 1 800 2 100 Sirdaryo 6 000 600 800 1 200 1 600 1 800 Toshkent 9 150 850 1 500 1 800 2 400 2600 Fargʻona 7 800 800 1 200 1 600 2 000 2200 Xorazm 5 000 600 800 1 000 1 200 1400 Jami 100 800 12 500 16 100 20 300 24 600 27 300
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 6-ILOVA
2006 — 2010-yillar davrida “Oʻzdonmahsulot” DAK korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem punktlarini tashkil etish boʻyicha
TOPSHIRIQ
nafar Hududlar 1.01.2006-yilda mavjud punktlar Qoʻshimcha tashkil qilinadi, jami shu jumladan yillar boʻyicha: 2006-yil 2007-yil 2008-yil 2009-yil 2010-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5 55 10 12 12 12 9 viloyatlar: Andijon 5 65 14 15 14 12 10 Buxoro 7 55 9 12 12 11 11 Jizzax 3 55 9 12 12 11 11 Qashqadaryo 16 60 10 14 14 11 11 Navoiy 8 40 6 10 8 8 8 Namangan 27 35 6 8 8 7 6 Samarqand 5 50 8 12 10 10 10 Surxondaryo 3 55 8 11 12 12 12 Sirdaryo 4 45 7 10 10 9 9 Toshkent 4 55 10 12 12 11 10 Fargʻona 22 40 6 10 9 8 7 Xorazm 4 50 7 11 12 10 10 Jami 113 660 110 149 145 132 124
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga 8-ILOVA
2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
T/r Hujjat nomi Hujjat turi Tasdiqlash muddati Masʼul ijrochilar 1. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi toʻgʻrisidagi nizomi Vazirlar Mahkamasining qarori 2006-yil mart Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 2. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda qoramol boqish bilan band boʻlgan jismoniy shaxslar oʻrtasida namunaviy mehnat shartnomasi Namunaviy shartnoma 2006-yil mart 3. Qishloq joylardagi ehtiyojmand va koʻp bolali oilalarga yirik shohli qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomi Vazirlar Mahkamasining qarori 2006-yil mart Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi 4. Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun kam taʼminlangan oilalardan iborat fuqarolarga majburiy garov taqdim etmagan holda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibi Markaziy bank va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori 2006-yil aprel Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 5. Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish, tartibi, shuningdek ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tartibi 2006-yil may Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyasi 6. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarori 2006-yil aprel Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi 7. Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va roʻyxatga olish tartibi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qarori 2006-yil aprel Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi 8. Bozorlarda va savdo joylarida goʻsht mahsulotlarini sotishga qoʻyiladigan talablar Oʻzstandart, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoʻllanmasi 2006-yil aprel Oʻzstandart, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 9. Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha talablar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoʻllanmasi 2006-yil may Veterinariya bosh boshqarmasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 10. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladigan chorva mollari mahsulotlarini fyucher shartlari hisobga olgan holda sotib olish uchun namunali shartnoma Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarori 2006-yil may Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi 11. Fuqarolar yigʻinlarida xoʻjalik hisobotining shakllari. Chorvachilikni rivojlantirish va aholini uy xoʻjaliklarida chorvachilik faoliyati bilan band qilish koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasining qarori Davlat statistika hisoboti shakllariga qoʻshimchalar 2006-yil may Statistika boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi
