Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida Shartnomani (Moskva, 2005-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-20-son)
06.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 27-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida Shartnoma (Moskva, 2005-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-mart,
OʻRQ–20-son
