Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (27-son)
20.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda “Roʻyxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar:
elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini taʼminlasinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni roʻyxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari boʻyicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zaruriyatga koʻra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-fevral,
27-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qaroriga ILOVA
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati
T/rDavlat axborot resurslari nomiMasʼul davlat organlari1.Sugʻurta qiluvchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriMoliya vazirligi12.Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestri13.Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri2.Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestriAdliya vazirligi3.Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri31.Nodavlat notijorat tashkilotlari reyestri32.Diniy tashkilotlar reyestri33.Notariuslar reyestri34.Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalari reyestri35.Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri36.FHDY organlari37.Ixtirolar davlat reyestri38.Foydali modellar davlat reyestri39.Sanoat namunalari davlat reyestri310.Oʻsimliklar navlari davlat reyestri311.Hayvonlarning zotlari davlat reyestri312.Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri313.Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri314.Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri315.Maʼlumotlar bazasi davlat reyestri316.Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri317.Patent vakillari davlat reyestri318.Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻgʻrisida shartnomalar maʼlumotlar banki319.Geografik koʻrsatkichlar davlat reyestri4.Soliq toʻlovchilar — yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestriDavlat soliq qoʻmitasi41.Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri42.Soliq deklaratsiyalari reyestri43.Moliya va soliq hisoboti reyestri17.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlarining, tashkilotlar standartlarining va ularga oʻzgartirishlarning, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarning davlat reyestri Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi172.Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri173.Sertifikatlangan mahsulotlarning davlat reyestri18.Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri19.Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri20.Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri21.Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri22.Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri24.Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registriYer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi25.Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar davlat registri26.Davlat kartografiya-geodeziya fondi27.Davlat yer fondi271.Oldindan tayyorlab qoʻyilgan maʼlumotnoma xarita272.Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri28.Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriMilliy statistika qoʻmitasi29.Muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogiMadaniyat vazirligi30.Madaniy-maʼrifiy inshootlari reyestri31.Sport turlari boʻyicha mamlakat rekordlari reyestri311.Sport inshootlari reyestri32.Maktabgacha taʼlim muassasalariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi321.Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari322.Qoʻshimcha taʼlim muassasalari33.Umumtaʼlim maktablari uchun oʻquv, badiiy va metodik adabiyotlarning yagona maʼlumotlar bazasi34.Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi35.Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklar36.Davlat taʼlim standartlari361.Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura ixtisosliklari oʻquv rejalari362.Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari maʼlumotlar bazasi37.Pensionerlar maʼlumotlar bazasiMoliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi38.Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (jismoniy shaxslar)Ichki ishlar vazirligi381.Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri382.Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyalar reyestri383.Roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi384.Yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi385.Profilaktik, tezkor va boshqa hisoblarda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi “Shaxs” maʼlumotlar bazasi386.“Respublika qidiruvida” boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi387.“MDH davlatlararo qidiruvi”da boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi388.Temir yoʻl transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Vokzal” maʼlumotlar bazasi389.Havo transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Aeroport” maʼlumotlar bazasi3810.Qidiruvda boʻlgan raqamli buyumlar toʻgʻrisidagi “Buyum” maʼlumotlar bazasi3811.Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan, olib qoʻyilgan va topib olingan qurolning maʼlumotlar bazasi3812.“MDH davlatlarida yoʻqotilgan va aniqlangan qurol” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi3813.Respublika boʻyicha qidiruvdagi avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi3814.MDH davlatlari qidiruvda boʻlgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi3815.“Fuqaroviy va xizmat quroli” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi3816.Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining maʼlumotlar bazasi3817.Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining maʼlumotlar bazasi3818.Haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi3819.Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi3820.Maxsus hisobda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi (jinoiy javobgarlikka tortilganligi, sudlanganligi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganligi, qidiruvda boʻlganligi, jazoni oʻtganligi yoxud oʻtayotganligi)39.Oʻzbekistonning tabiiy resurslariEkologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi391.Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasiOʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi392.Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish maʼlumotlar bazasi40.Ommaviy axborot vositalari yagona reyestriAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi401.Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri402.Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri41.Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvaliOʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi42.Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestri43.Davlat organlari veb-saytlari431.Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni amalga o�irish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri432.Telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri433.Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri434.Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi438.Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi439.Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri45.Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasiFavqulodda vaziyatlar vazirligi46.Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi461.Temir yoʻl transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini qabul qilish uchun yuridik shaxslarga ular belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan xulosalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi49.Bank depozitorlari milliy axborot bazasiMarkaziy bank50Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYAB)501.Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestri502Kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri503.Valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri504.Toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri505.Toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri506.Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestri507.Lombardlar reyestri508.Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestri51Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasiTashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi511.Investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasi512.Asosiy xom ashyo tovarlari kotirovkalari maʼlumotlar bazasi52.Idoralarda (vazirliklar, agentliklar, markaziy muassasalar va boshqalarda) saqlanadigan hujjatlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasiOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi53.Qurilish sohasida amaldagi normativ hujjatlarning koʻrsatkichiOʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi54.Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri55.Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri56.Balandliklarda sanoat alpinizmi usulida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri57.Koʻprik-tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri58.Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri59.Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri60.Yer osti boyliklari toʻgʻrisida geologik va boshqa maʼlumotlar davlat fondiOʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi61.Foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalarining davlat reyestri62.Foydali qazilmalar, shu jumladan uglevodorodlar zaxiralarining davlat balansi63.Konlar, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri64.Davlat suv kadastri (yer osti suvlari)65.Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo boʻladigan zonalar) davlat kadastri66.Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestri67.Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar reyestriMoliya vazirligi68.Attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslar (qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari)ning yagona davlat reyestri69.Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestri70.Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning davlat reyestriOʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi71.Birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan birjalar reyestri72.Tovar-xom ashyo birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri73.Koʻchmas mulk birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri74.Rieltorning malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar reyestri75.Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar reyestri76.Sogʻliqni saqlash muassasalari reyestriSogʻliqni saqlash vazirligi77.Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri79.Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri80.Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning aylanishi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri81.Bojxona ombori taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi82.Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri83.“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri831.Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlar bazasi832.Roʻyxatdan oʻtkazilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi833.Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi834.Bojxona tashuvchilari reyestri835.Bojxona brokerlari reyestri84.Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi85.Tomosha-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi861.Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga tomosha-konsert guvohnomasi olgan shaxslar reyestri87.Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastriOʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi88.Giyohvandlikka oid sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish maʼlumotlar bankiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi89.Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan alohida xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestriOʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi90.Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar, avariyalarning maʼlumotlar bazasi91.Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri92.Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻlishi sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri93.Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri94.Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlangan fan doktorlari va nomzodlarining maʼlumotlar bazasiOliy attestatsiya komissiyasi95Axbortni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati972.Roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalari reyestriOʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi973.Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari reyestri974.Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari ekspluatantlari reyestri98.Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari99.Neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri991.Alkogolli mahsulotlar sotish faoliyatini amalga oshirish huquqiga berilgan litsenziyalar reyestri992.Roʻyxatdan oʻtkazilgan kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlar reyestri100.“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari.Tumanlar (shaharlar) hokimliklari1001.Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri101.Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestriOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi103.Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri104.Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, zavodda idishlarga joylanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari)105.Mahalliy va xalqaro temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri107.Etil spirti hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri108.Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri110.Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri111.Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri112.Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri113.Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri114.Kinovideomahsulotlar prokati faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri115.Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri116.Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona maʼlumotlar bazasiDavlat-tijorat Xalq banki117.Malaka toifalari toʻgʻrisida sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari pedagoglari reyestriVazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi118.Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi reyestr120.Milliy va xorijiy axborot resurslari maʼlumotlar bazasiOʻzbekiston milliy kutubxonasi121.Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari maʼlumotlar bazasiOʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
