Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1446-2-son)
08.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-fevralda 1446-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 14-yanvardagi 3 va 2005-3-son qarori bilan tasdiqlangan Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2005-yil 31-yanvar, roʻyxat raqami 1446 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 37-modda; 39-son, 300-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-yanvar,
8-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-yanvar,
2006-1-son
