Moliya organlarida budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1475-1-son)
08.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUgʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-fevralda 1475-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Davlat budjeti gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 523-modda) muvofiq buyuraman:
1. 2005-yil 5-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 63-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Moliya organlarida budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi haqidagi Vaqtinchalik nizomga (2005-yil 21-may, roʻyxat raqami 1475 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 155-modda) ilovaga* asosan oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-yanvar,
4-son
