Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (23-son)
14.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–245-son qarorini bajarish yuzasidan va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining (keyingi oʻrinlarda matnda Oʻzbekiston MTRK deb yuritiladi) hududiy boʻlinmalari xodimlari sonini maqbullashtirish, budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston MTRK Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston MTRK viloyatlar teleradiokompaniyalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston MTRKning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish teleradio koʻrsatuvlar va eshittirishlarning tasdiqlangan oʻrtacha sutkalik hajmiga muvofiq Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston MTRKning hududiy boʻlinmalari mehnatga haq toʻlash fondi aniq teleradio mahsulotlar tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar boʻyicha jalb etishga yoʻnaltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
3. Oʻzbekiston MTRK va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalar huzurida Oʻzbekiston MTRKning davlat unitar korxonalari huzurida tashkil etiladigan jamgʻarmalar singari ijodiy jamoani, studiyalar va alohida xodimlarni ragʻbatlantirish va taqdirlash jamgʻarmalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-fevral,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-fevraldagi 23-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-fevraldagi 23-son qaroriga 2-ilova
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi viloyatlar teleradiokompaniyalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 38-modda)
