Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va qirgʻoqboʻyi polosasini belgilash toʻgʻrisida (80-son)
06.03.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Qashqadaryo daryosining suv resurslarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hududidagi Qashqadaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoqboʻyi polosasining umumiy maydoni 1-ilovaga muvofiq tumanlar boʻyicha tegishli ravishda 13106,9 gektar va 1567,6 gektar hajmida tasdiqlansin.
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
qirgʻoqlarni mustahkamlash, oʻrmon melioratsiyasi va daryo suvi ifloslanishiga qarshi kurashish boʻyicha boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Qashqadaryo daryosi qirgʻoqlari boʻyidagi 1567,6 gektar yerni belgilangan tartibda 2-ilovaga muvofiq yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilardan olsin va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlariga foydalanish uchun bersin;
Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlariga yerlar ajratsin va ularga yerlardan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomalari bersin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda 2003-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan ekologiya jihatidan potensial xavfli obyektlarni, qirgʻoqboʻyi polosasidan esa, istisnosiz, barcha obyektlarni chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonasidagi yerlarni daraxtzorlar barpo etish uchun ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 6-mart,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-martdagi 80-son qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoqboʻyi polosasining Qashqadaryo viloyati tumanlari boʻyicha umumiy maydoni
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-martdagi 80-son qaroriga 2-ILOVA
Qashqadaryo daryosining qirgʻoqboʻyi polosasidagi yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalarining umumiy maydoni*
*) Izoh: yerlarni olish va ajratishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar roʻyxati va ularga qarashli yer uchastkalari maydonlari aniqlashtiriladi.
