4-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (159-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari zarur hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ularni roʻyxatga olishni rad etishga yoki roʻyxatga olish uchun qoʻshimcha shartlar belgilashga haqli emas.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olishni asossiz rad etish ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Sud roʻyxatga olish organining xatti-harakatini (qarorini) qonunga xilof deb topgan taqdirda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarini mazkur organ qoplaydi.
Roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlagan taqdirda kichik va xususiy tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
