20-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (159-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllanishga haqlidir.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilib, amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan asosiy fondlar dastlabki qiymatining 50 foiziga qadarini hisobdan chiqarishga haqlidir.
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak.
