18-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan soliq olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (159-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan, shu jumladan qishloq joylarda faoliyat olib borayotgan yoki raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan soliq olish, shuningdek ularni soliq toʻlashdan ozod qilish, soliq toʻlashni kechiktirib turish tartibi va soliq olish boʻyicha boshqa imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Soliq olishga doir qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida ular davlat roʻyxatidan oʻtgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi.
