20-modda. Tuman (shahar) yer kadastri daftari
Davlat yer kadastri toʻgʻrisida (666-I-son) · Sana: 28.08.1998 · Amalda
Tuman (shahar) yer kadastri daftari yerlarni davlat roʻyxatiga olish, hisobga olish va ularni baholash boʻyicha asosiy hujjat boʻlib, yer uchastkasining joylashgan oʻrni, qaysi maqsadda foydalanish moʻljallanganligini va ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini, unga egalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga boʻlgan mulk huquqini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi.
Yer kadastri daftarining tuzilishi, mazmuni va uni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
