“Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida (832-XII-son)
06.05.1993
Oʻzbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnomani 1994-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, yer soligʻi jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari hamda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga bevosita aloqador tashkilotlardan 1995-yil 1-yanvardan boshlab undiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
“Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonunning amalda qoʻllanilishini taʼminlaydigan qarorlar qabul qilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin;
ushbu Qonunga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlarning vazirliklar va idoralar tomonidan qayta koʻrib chiqilishi hamda bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
832-XII-son
