Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1538-son)
14.01.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-yanvarda 1538-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
06-3/439-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
11/5112-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
108-son
“TASDIQLAYMAN” Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/439, 11/5112, 108-son qarori
Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga xaq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatga xaq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini toʻplami, 2005y., 51-son, 380-modda) qaroriga muvofiq tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha sogʻliqni saqlash mussasalari turiga tegishli deb hisoblash tartibini hamda razryad va tarif koeffitsiyentlarini aniqlaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatga xaq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomning 1–ilovasida koʻrsatilgan tibbiy muassasalar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh tibbiy xamshiralarga (bundan buyon matnda — rahbar xodimlar deb yuritiladi) tadbiq etiladi.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Cogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tadbiq etilmaydi.
II. Muassasalar turlarini aniqlash tartibi
3. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tibbiy muassasalar turlari ular bevosita boʻysunadigan boshqaruv organlari tomonidan statsionar muassasalar uchun toʻliq davolangan bemorlar sonidan, ambulatoriya-poliklinik xizmati va sogʻliqni saqlashning boshqa mussasalari uchun xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqadigan koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadi.
4. Tarkibida ambulatoriya-poliklinika boʻlinmalari, yoki statsionarlari boʻlgan dispanserlari mavjud boʻlgan davolash-profilaktika mussasalari rahbarlari mehnatiga haq toʻlash bir tur yuqori mussasalar turiga tegishli boʻladi.
5. Sogʻliqni saqlash boshqaruv organi funksiyalari yuklangan markaziy, tuman (shaxar) kasalxonalari bir tur yuqori muassasalar turiga tegishli boʻladi.
6. Boʻysunishida sogʻliqni saqlash muassasalari boʻlgan boshqaruv organlari aholining asoslangan shikoyatlari, muassasa ishini tashkil etish va uning ish sifatida kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rahbarlar mexnatiga haq toʻlashning belgilangan turini bir turga pasaytirish huquqiga ega.
III. Rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryad va tarif koeffitsiyentlari
7. Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari uchun, muassasalarning tipidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
Muassasalar tipi Razryadi Tarif koeffitsiyenti IV — tip 8 5,453 III — tip 9 6,053 II — tip 10 6,719 I — tip 11 7,390
8. Sogʻliqni saqlash muassasalari davolash ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari uchun, muassasalarning tipidan kelib chiqib, mexnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
Muassasalar tipi Razryadi Tarif koeffitsiyenti IV — tip 7 4,913 III — tip 8 5,453 II — tip 9 6,053 I — tip 10 6,719
9. Sogʻliqni saqlash muassasalari bosh xamshiralari uchun, muassasalarning tipidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
Muassasalar tipi Razryadi Tarif koeffitsiyenti IV — tip 5 4,060 III — tip 6 4,466 II — tip 7 4,913 I — tip 8 5,453
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatseftika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, rahbar xodimlarga tarif stafkalari miqdorini belgilash vaqtida muassasalar guruhiga qarab tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
IV. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha muassasalar tiplari
11. Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlarga ish haqi toʻlashda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tiplarga boʻlinadi.
12. Sogʻliqni saqlash muassasalarining mazkur tartibda nazarda tutilmagan rahbarlariga faoliyat ixtisosiga koʻra muassasalarining IV tipi rahbari sifatida tarif belgilanadi.
Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga xaq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanatariya-epidimiologiya xizmati va boshqa muassasalar (xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 1. Shaharlardagi poliklinikalar 40.0 va undan ortiq 30.0 dan, 40 gacha 20.0 dan, 30.0 gacha 20.0 gacha 2. Tuman markaziy kasalxonalari 250.0 va undan ortiq 200.0 dan, 250.0 gacha 150.0 dan, 200.0 gacha 150.0 gacha 3. Mustaqil bolalar poliklinikalari 25.0 va undan ortiq 20.0 dan, 25.0 gacha 15.0 dan, 20.0 gacha 15.0 gacha 4. Skrining-markazlari, statsionarga ega boʻlmagan ixtisoslashtirilgan (endokrinalogiya, sil, teri-tanosil) dispanserlari 3000.0 va undan ortiq 2000.0 dan, 3000.0 gacha 1500.0 dan, 2000.0 gacha 1500.0 gacha 5. Salomatlik instituti (tibbiyot statistikasi byurosi) va uning filialllari 2000.0 va undan ortiq 1500.0 dan, 2000.0 gacha 1000.0 dan, 1500.0 gacha 1000.0 gacha 6. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidimalogiya nazorati markazlari, karantinli va alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markazi va uning fillialari, dezinfeksiya stansiyalari) 2000.0 va undan ortiq 5000.0 dan, 2000.0 gacha 500.0 dan, 1000.0 gacha 500.0 gacha Umumiy ixtisoslik statsionar tibbiyot mussasalari va boshqa muassasalar (toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 7. Respublika, viloyat, shahar kasalxonalari, ilmiy-tekshirish institutlari va oliy oʻquv yurtlari, bolalar uylarining klinikalari. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari uchun gospitalllar. 15.0 va undan ortiq 9.0 dan, 15 gacha 4.5 dan, 9.0 gacha 4.5 gacha 8. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari 8.0 va undan ortiq 5.0 dan, 8.0 gacha 2.5 dan, 5.0 gacha 2.5 gacha 9. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi, tugʻruqxonalar (yuridik maqomga ega boʻlganlari) tugʻruq komplekslari 9.0 va undan ortiq 7.0 dan, 9.0 gacha 5.0 dan, 7.0 gacha 5.0 gacha 10. Bolalar reabilitatsiya sihatgohlari 14.0 va undan ortiq 9.0 dan, 14.0 gacha 4.0 dan, 9.0 gacha 4.0 gacha Qon quyish stansiyalari (qon tayyorlash va qayta ishlash hajmidan kelib chiqib, bir yilda ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 11. Qon quyish stansiyalari 7.0 va undan ortiq 5.0 dan, 7.0 gacha 3.0 dan, 5.0 gacha 3.0 gacha Boshqa sogʻliqni saqlash mussasalari (xizmat koʻrsatiluvchi aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 12. Respublika (hududiy) sud tibbiyot ekspertizasi byurosi 2000.0 va undan ortiq 1500.0 dan, 2000 gacha 1000.0 dan, 1500.0 gacha 1000.0 gacha 13. Patologoanatomik markaz va uning viloyatlardagi byurolari 2000.0 va undan ortiq 1500.0 dan, 2000 gacha 1000.0 dan, 1500.0 gacha 1000.0 gacha 3. Ixtisoslashtirilgan statsionar mussasalar (toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 14. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlari: 14.1 Sil kasalxonalari (katta yoshdagilar va bolalar kasalxonalari) 1.4 va undan ortiq 0.9 dan, 1.4 gacha 0.4 dan, 0.9 gacha 0.4 gacha 14.2 Sil kasalligi sihatgohlari (katta yoshdagilar va bolalar uchun) 5.0 va undan ortiq 3.5 dan, 5.0 gacha 1.5 dan, 3.5 gacha 1.5 gacha 14.3 Yuqumli kassaliklar (katta yoshdagilar va bolalar uchun), onkologik, teri-tanosil, endokrinologiya 7.0 va undan ortiq 4.0 dan, 7.0 gacha 2.0 dan, 4.0 gacha 2.0 gacha 14.4 Psixiatrik, psixonevrologik (katta yoshdagilar va bolalar uchun), narkologik kasalxonalar 5.0 va undan ortiq 4.0 dan, 5.0 gacha 2.0 dan, 4.0 gacha 2.0 gacha 15. Neyroxirurgiya, onkologiya (shu jumladan), allergologiya, suyak-yiringli jarrohlik va yiringli jarrohlik, jarohatlari oqibatlari va qand kassaligining jarrohlik assoratlari, bolalar ortopediyasi respublika tibbiyot markazlari 11.0 va undan ortiq 7.0 dan, 11.0 gacha 3.0 dan, 7.0 gacha 3.0 gacha 16. Sil, epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tekshirish institutlari 7.0 va undan ortiq 4.0 dan, 7.0 gacha 2.0 dan, 4.0 gacha 2.0 gacha 17. Bolalar kasalxonalari 15.0 va undan ortiq 9.0 dan, 15.0 gacha 4.5 dan, 9.0 gacha 4.5 gacha OITS markazi (xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 18. OITS markazi va uning filiallari 2000.0 va undan ortiq 1500.0 dan, 2000 gacha 1000.0 dan, 1500.0 gacha 1000.0 gacha Shoshilinch va tez yordam markazlari (toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 19. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning filiallari 15.0 va undan ortiq 9.0 dan, 15 gacha 4.5 dan, 9.0 gacha 4.5 gacha Tez tibbiy yordam stansiyalari (bir yildagi joylarga chiqish sonidan kelib chiqib, ming kishi) T/r Muassasaning nomi Muassasalar tipi I II III IV 20. Tez tibbiy yordam koʻrsatish stansiyalari 75.0 va undan ortiq 50.0 dan, 75.0 gacha 25.0 dan, 50.0 gacha 25.0 gacha
