Pul resurslarining banklararo elektron bozorida operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1535-son)
11.01.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 11-yanvarda 1535-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Pul resurslarining banklararo elektron bozorida operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-noyabr,
26/5-son
