Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-255-son)
11.01.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3709-Farmoni ijrosini taʼminlash hamda meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkatlarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish, agrosanoat firmalarini tashkil qilish va meva-sabzavotchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-avgustdagi F-2306-son Farmoyishiga asosan tashkil qilingan maxsus komissiyaning:
2006-yil birinchi choragida meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirish haqidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq;
tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) hududida bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish boʻyicha takliflari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1-ilovada qayd etilgan tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil qilishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
a) yer uchastkasi ijarasi haqidagi shartnomada belgilab qoʻyilgan mavjud ixtisoslashuvni saqlab qolish;
b) fermerlarning shartnomaga asosan bogʻ va uzumzorlardan, shuningdek, ajratilgan limit boʻyicha suv resurslaridan oqilona foydalanish majburiyatini olish;
v) bogʻ va uzumzorlarni sotish tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativining umumiy yigʻilishi qarori bilan faqat shirkat paychilari va aʼzolari oʻrtasida oʻtkaziladigan yopiq kimoshdi savdosida amalga oshirilishi mumkin.
3. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (Mirziyoyev), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
a) 1-ilovaga muvofiq 2006-yil 20-martgacha boʻlgan muddatda fermer xoʻjaliklarini tashkil qilishga daʼvogarlar oʻrtasida xolis va oshkora tanlov, kimoshdi savdolari oʻtkazishda jamoatchilik hamda fuqarolar yigʻini vakillarini jalb etib, haqqoniylik, ochiqlik va ijtimoiy adolat talablariga qatʼiy rioya qilgan holda gʻoliblarning aniqlanishini taʼminlasin;
b) 2006-yil 15-aprelgacha yangi tashkil qilinadigan fermer xoʻjaliklari bilan qayta ishlash korxonalari oʻrtasida meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetkazib berish toʻgʻrisida shartnomalar tuzishni tashkil qilsin va ularda ishlab chiqarishni kamida 30 foizgacha avans bilan taʼminlash koʻzda tutilsin;
v) 2-ilovaga muvofiq oʻn kunlik muddatda tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) hududida tuziladigan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarining joyi va ularni tashkil etish muddatlari belgilansin;
g) shirkatlarni fermer xoʻjaliklariga aylantirish natijasida tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlarining boʻshaydigan aʼzolarini ish bilan taʼminlash masalasini hal qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK muassislarining mazkur kompaniyani “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
5. “Oʻzvinosanoat-xolding” XK “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XKning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi deb belgilansin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga:
a) aholi zich yashaydigan turar joy mavzelarida hamda dehqon bozorlarida “dala-doʻkon” tamoyili boʻyicha ixtisoslashgan savdo shoxobchalari va doʻkonlari;
b) “Oʻzvinosanoat-xolding” XK hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda fermer xoʻjaliklarini tara idishlar va qadoqlash materiallari bilan taʼminlash tarmogʻi;
v) Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda tugatilayotgan meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xoʻjaliklari negizida tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga transport xizmati koʻrsatish tarmogʻini tashkil qilish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ushbu bandning bajarilishi haqida 2006-yil 1-aprelgacha Vazirlar Mahkamasiga hisobot berilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
a) konserva sanoati korxonalari oʻz faoliyatini mustaqil xoʻjalik subyektlari sifatida amalga oshiradi va ixtiyoriy ravishda agrosanoat firmasi tarkibiga kirishi mumkin;
b) agrosanoat firmalari va mustaqil qayta ishlash korxonalari oʻz faoliyatini muvofiqlashtirish, texnik qayta jihozlashga investitsiyalar jalb etish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlari oʻtkazish, oʻz mahsulotini eksport qilish uchun viloyat darajasida ixtiyoriy ravishda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchilar uyushmalariga birlashishi mumkin;
v) tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning vinochilik punktlari, mol-mulk qiymati belgilangan tartibda qoplangan va tushgan mablagʻlar tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning kreditorlik qarzlarini toʻlashga yoʻnaltirilgan holda, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK vinochilik korxonalari ixtiyoriga oʻtkaziladi.
8. 2010-yilgacha boʻlgan davrda qayta ishlash korxonalarining eksport salohiyatini mustahkamlashni hisobga olgan holda, ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish, ularni eksport qilish borasida katta imkoniyatga ega boʻlgan eng istiqbolli hududlarni qamrab olgan holda, Meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish dasturini tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar taqdim etsin.
13. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-yanvar,
PQ-255-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qaroriga 1-ILOVA
2006-yilda fermer xoʻjaliklariga qayta tashkil etiladigan meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)
ROʻYXATI
T/r Xoʻjaliklar nomi Tumanlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Ornek” Nukus Jami: 1 Andijon viloyati 2. “Sohibkor” Asaka 3. “Asaka” Asaka 4. A. Navoiy nomidagi Asaka 5. Madʼyarov nomidagi Xoʻjaobod 6. “Xoʻjaobod” Xoʻjaobod 7. “Gulbahor” Jalaquduq 8. “Bolgariya” Jalaquduq 9. Sh.Rashidov nomidagi Qoʻrgʻontepa 10. “Istiqlol” Andijon 11. T. Mirzayev nomidagi Andijon 12. “Choʻlpon” Andijon 13. Oxunboboyev nomidagi Andijon Jami: 12 Buxoro viloyati 14. “Galaosiyo” Buxoro 15. Yodgorov nomidagi Buxoro 16. “Sohibkor” Buxoro shahar 17. A. Navoiy nomidagi Vobkent 18. “Doʻstlik” Romitan 19. Aripov nomidagi Shofirkon Jami: 6 Jizzax viloyati 20. “Gulbuloq” Baxmal 21. “Jizzax” Jizzax Jami: 2 Qashqadaryo viloyati 22. A. Navoiy nomidagi Kitob 23. “Palandara” Kitob 24. “Kishli�” Kitob 25. K. Rustamova nomidagi Kitob 26. “Kitob” Kitob 77. “Varganza” Kitob 28. Oxunboboyev nomidagi Kitob 29. “Nasaf” Qarshi 30. “Oʻzbekiston Mustaqilligi” Qarshi 31. “Shirinobod” Nishon 32. “Sohibkor” Chiroqchi 33. “Yakkabogʻ” Yakkabogʻ Jami: 12 Navoiy viloyati 34. A.Ikramov nomidagi Xatirchi Jami: 1 Namangan viloyati 35. “Buxora” Kosonsoy 36. “Kosonsoy” Kosonsoy 37. “Sharq Yulduzi” Kosonsoy 38. “Sohibkor” Namangan 39. “Samarqand” Namangan 40. “Sherbuloq” Namangan 41. Beruniy nomidagi Pop 42. “Sohilobod” Toʻraqoʻrgʻon 43. “Toʻraqoʻrgʻon” Toʻraqoʻrgʻon 44. “Sohibkor” Uychi 45. Sh. Rashidov nomidagi Uychi 46. Bobur nomidagi Chortoq 47. “Peshqoʻrgʻon” Chortoq 48. Ulugʻbek nomidagi Chortoq 49. H. Olimjon nomidagi Chortoq 50. “Xazratisha” Chortoq 51. “Gʻovasoy” Chust 52. “Damobod” Chust 53. J. Oxunova nomidagi Yangiqoʻrgʻon 54. “Nanay” Yangiqoʻrgʻon 55. “Zarkent” Yangiqoʻrgʻon 56. D. Sattorov nomidagi Yangiqoʻrgʻon 57. “Koʻkyor” Yangiqoʻrgʻon 58. “Turkiston” Yangiqoʻrgʻon 59. Oxunboboyev nomidagi Yangiqoʻrgʻon 60. “Iskovot” Yangiqoʻrgʻon 61. “Gulshan” Yangiqoʻrgʻon Jami: 27 Samarqand viloyati 62. “Choʻyantepa” Bulungʻur 63. “Doʻstlik” Bulungʻur 64. “Mingchinor” Bulungʻur 65. F. Yuldashev nomidagi Bulungʻur 66. Ulugʻbek nomidagi Bulungʻur 67. “Kildon” Bulungʻur 68. “Beshkuvi” Bulungʻur 69. “Oʻzbekiston” Bulungʻur 70. H. Olimjon nomidagi Bulungʻur 71. Maksumov nomidagi Bulungʻur 72. “Ipak yoʻli” Bulungʻur 73. A. Temur nomidagi Ishtixon 74. Bobur nomidagi Ishtixon 75. “Zarband” Ishtixon 76. “Yangikent” Ishtixon 77. “Mingchinor” Ishtixon 78. “Kattaqoʻrgʻon maskasi” Kattaqoʻrgʻon 79. “Yangiobod” Kattaqoʻrgʻon 80. “Oqtepasoy” Qoʻshrabot 81. Shopiyev nomidagi Narpay 82. Kazimov nomidagi Pastdargʻom 83. “Samarqand” Samarqand 84. Sh. Rashidov nomidagi Samarqand 85. “Guliston” Samarqand 86. “Navroʻz” Samarqand 87. “Baraka” Samarqand 88. “Oʻzbekiston” Samarqand 89. “Gulobod” Samarqand 90. “Doʻstlik” Samarqand 91. F. Qosimova nomidagi Samarqand 92. “Marokand” Samarqand 93. “Bagizogon” Toyloq 94. Ulugʻbek nomidagi Toyloq 95. A. Timur nomidagi Toyloq 96. “Olmazor” Toyloq 97. “Jumabozor” Toyloq 98. Ayni nomidagi Toyloq 99. “Davlatobod” Toyloq 100. “Qoʻshchinor” Toyloq 101. “Sohibkor” Toyloq 102. Saidnazarov nomidagi Toyloq 103. “Moʻminobod” Urgut Jami: 42 Surxondaryo viloyati 104. Bobur nomidagi Oltinsoy 105. “Qorlik” Oltinsoy 106. Ulugʻbek nomidagi Oltinsoy 107. “Oltinsoy” Oltinsoy 108. X. Qosimov nomidagi Oltinsoy 109. “Qoʻshchinor” Oltinsoy 110. “Vaxshivor” Oltinsoy 111. “Hayrondara” Oltinsoy 112. “Sayrak” Oltinsoy 113. “Shirin” Oltinsoy 114. “Xoʻjasoat” Oltinsoy 115. “Rabot” Boysun 116. A. Temir nomidagi Denov 117. A. Navoiy nomidagi Muzrabot 118. “Sangardak” Sariosiyo 119. “Sariossiyo” Sariosiyo 120. “Dashnobod” Sariosiyo 121. “Termiz-2500” Termiz Jami: 18 Sirdaryo viloyati 122. H. Olimjon nomidagi Sardoba 123. “Shirin” Xovos 124. Bobur nomidagi Xovos 125. “1-Boyovut” Boyovut 126. “Gʻalaba” Boyovut Jami: 5 Toshkent viloyati 127. “Ohangaron” Ohangaron 128. “Oʻzbekiston” Ohangaron 129. S. Rahimov nomidagi Ohangaron 130. “Angren” Ohangaron 131. “Birlik” Ohangaron 132. “Doʻstlik” Ohangaron 133. “Pargos” Boʻstonliq 134. “Soyliq” Boʻstonliq 135. “Boʻstonliq” Boʻstonliq 136. Abay nomidagi Boʻstonliq 137. “Yenbek” Boʻstonliq 138. “Xojikent” Boʻstonliq 139. “Doʻstlik” Boʻstonliq 140. A. Temir nomidagi Boʻstonliq 141. “Xondayliq” Boʻstonliq 142. “Bogʻiston” Boʻstonliq 143. “Sijjak” Boʻstonliq 144. “Qoʻshqoʻrgʻon” Boʻstonliq 145. “Janaul” Boʻstonliq 146. “Zangiota” Zangiota 147. Ulugʻbek nomidagi Zangiota 148. “Oʻzbekiston” Zangiota 149. A. Navoiy nomidagi Zangiota 150. “Mustaqillik” Zangiota 151. “Navroʻz” Zangiota 152. “Nazarbek” Zangiota 153. A. Ikramov nomidagi Zangiota 154. “Turkiston” Zangiota 155. Burota nomidagi Qibray 156. “Madaniyat” Qibray 157. “Turon” Qibray 158. Nurmuxamedov nomidagi Qibray 159. “Istiqlol” Qibray 160. Musamuxamedov nomidagi Qibray 161. “Qibray” Qibray 162. “Doʻrmon” Qibray 163. “Limonariy” Qibray 164. Atajanov nomidagi Quyichirchiq 165. “Qoraqalpoq” Parkent 166. “Parkent” Parkent 167. “Zarkent” Parkent 168. “Hisorog” Parkent 169. “Boʻston” Parkent 170. “Soʻqoq” Parkent 171. “Changi” Parkent 172. “Tulbogʻ” Parkent 173. “Namdanak” Parkent 174. “Boyqozon” Parkent 175. “Navbahor” Parkent 176. A. Navoiy nomidagi Toshkent 177. “Tulyabi” Toshkent 178. Abdurahmonov nomidagi Toshkent 179. “Toshkent” Toshkent 180. Abdullayev nomidagi Toshkent 181. “Xasanboy” Toshkent 182. S. Raximov nomidagi Toshkent 183. Oxunboboyev nomidagi Toshkent 184. Umarov nomidagi Toshkent 185. “Oʻzbekiston” Toshkent 186. Mirzayev nomidagi Toshkent 187. M. Fozilov nomidagi Toshkent 188. “Olmazor” Chinoz 189. Oxunboboyev nomidagi Yuqorichirchiq 190. “Yangiyoʻl” Yangiyoʻl 191. A. Navoiy nomidagi Yangiyoʻl 192. “Yangiobod” Yangiyoʻl 193. U. Yusupov nomidagi Yangiyoʻl 194. Bolgʻaboyev nomidagi Yangiyoʻl Jami: 68 Fargʻona viloyati 195. “Uzumzor” Buvayda 196. Suleymanov nomidagi Quvasoy shahar 197. “Arsif” Quvasoy shahar 198. “Sabzavotkor” Fargʻona shahar 199. “Oqariq” Fargʻona shahar 200. “Yer mozor” Fargʻona shahar 201. A. Ikramov nomidagi Quvasoy 202. “Behizor” Quvasoy 203. “Moʻyan” Quvasoy 204. X. Olimjon nomidagi Quvasoy 205. “Quvasoy” Quvasoy 206. “Namuna” Quvasoy 207. F. Shamsuddinov nomidagi Quvasoy 208. Sh. Rashidov nomidagi Quvasoy 209. Shodiyev nomidagi Fargʻona Jami: 15 Xorazm viloyati 210. A. Xorazmiy nomidagi Urganch Jami: 1 Respublika boʻyicha jami: 210
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qaroriga 2-ILOVA
2006-yilda qaytadan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan meva-sabzavotchilik va uzumchilik qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) hududida tashkil etilayotgan bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari
ROʻYXATI
Hududlar Muqobil MTP Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi Yoqilgʻi moylash materiallarini sotish tarmogʻi Mineral oʻgʻitlarni sotish tarmogʻi Kichik banklar (banklar filiallari) Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash tarmogʻi Transport xizmatlari tarmogʻi Idishlar bilan taʼminlash tarmogʻi Konsalting va marketing firmalari tarmogʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi , 1 1 1 1 3 1 1 1 viloyatlar: Andijon 12 10 4 4 5 15 6 7 2 Buxoro 5 2 1 3 2 14 5 2 2 Jizzax 2 1 1 1 1 5 2 1 1 Qashqadaryo 12 1 2 4 7 15 6 3 3 Navoiy 1 1 2 1 1 1 Namangan 22 18 5 5 20 25 8 8 3 Samarqand 39 9 11 7 14 35 14 19 4 Surxondaryo 18 12 3 4 8 12 7 7 3 Sirdaryo 4 2 2 1 2 6 3 1 1 Toshkent 62 45 11 8 27 46 17 17 5 Fargʻona 12 15 4 4 4 15 6 5 3 Xorazm 1 1 1 1 3 1 1 1 Jami: 191 118 46 42 92 196 77 73 30
Izoh: tashkil etilayotgan infratuzilma obyektlari soni Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qaroriga 5-ILOVA
2010-yilgacha boʻlgan davrda qayta ishlash korxonalarining eksport salohiyatini mustahkamlashni hisobga olgan holda, ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
T/r Loyihaning nomi Loyiha quvvati Ishga tushadigan muddat Umumiy qiymati, ming dollar Moliyalashtirish manbasi Loyihani amalga oshiruvchi ijrochilar Loyihani amalga oshirish natijasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Tomat pastasini ishlab chiqarish boʻyicha liniya oʻrnatish Yiliga 2000 tonna 2008-yil 500 Investor — “AIK” kompaniyasi (Isroil) “Qoraqalpoq sanoat” MChJ Tomat pastasini ishlab chiqarish va mahsulotni 900 ming AQSh dollari miqdorida eksport qilish Jami: 500 Andijon viloyati 2. AS-500 tomat liniyasiga sigʻimi 200 kg boʻlgan aseptik laminatlangan qoplarga tomat pastasini qadoqlash liniyasini oʻrnatish Soatiga 5 tonna 2006-yil II chorak 500 Investor “Baltimor” (RF) kompaniyasi “Andijon” OAJ Tovar koʻrinishini yaxshilash, mahsulot eksportini oshirish 3. Konserva mahsulotlarini “Tvist-Off” tipidagi shisha idishlarga toʻldirish va yopish boʻyicha uskunalarni joriy qilish Minutiga 120 banka 2007-yil IV chorak 50 Tovar koʻrinishini yaxshilash, mahsulotning eksportbopligini oshirish 4. Konyak spirtini olish uchun haydovchi apparatlarni oʻrnatish Yiliga 15 ming. dal a/a 2007-yil I chorak 100 Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki krediti “Xoʻjaobod sharob” OAJ Mahsulotning eksportbopligi va quvvatning oshishi Jami: 650 Buxoro viloyati 5. Vino va aroq mahsulotlarini quyish liniyasi 300 ming dal 2007-yil II chorak 200 “Hamkorbank” AK krediti “Shoxrud” OAJ Mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish Jami: 200 Jizzax viloyati 6. Meva va sabzavotlarni qayta ishlash, quritish va qadoqlashni tashkil etish Yiliga 600 tonna konserva va quritilgan mahsulotlar 2006-yil IV chorak 490 Investor — “Italfud-texnoloji” (Italiya) firmasi “Dray-produkt” Oʻzbekiston-Italiya QK Konserva va quritilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, 275 ming AQSh dollari miqdorida eksport qilish Jami: 490 Qashqadaryo viloyati 7. 200 kg ogʻirlikdagi aseptik qoplarga qadoqlangan konsentrlangan tiniq olma sharbatini ishlab chiqarish liniyasi Yiliga 700 tonna tayyor mahsulot 2008-yil 1000 Investor — “Landiye” (Fransiya) firmasi “Shahrisabz konserva” OAJ Olma sharbatini ishlab chiqarish. 400 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotni eksport qilish 8. Konserva mahsulotlarini “Tvist-Off” tipidagi shisha idishlarga toʻldirish va yopish uchun uskunalarni joriy qilish Minutiga 120 banka 2007-yil IV chorak 50 “Savdogar” ATB krediti Shahrisabz konserva” OAJ Mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish 9. Quruq vinolarni qaynoq holda quyish, hamda butilkali pasterizatsiya qilish liniyasi. Soatiga 0,5 — 0,7 litr hajmda 6 mingta butilka ishlab chiqarish 300 ming dal 2010-yil 500 Investor — “Karthill” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi “Shahrisabz vino-aroq” OAJ Mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish 10. Oziq-ovqat qoʻshimchalari, ziravorlar koʻrinishida meva va sabzavot kukunlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Yiliga 50 tonna 2006-yil II chorak 528,3 Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki krediti “Sevaz-Andronik” MChJ Mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish 11. 200 gektar shartli sugʻoriladigan yerni keyinchalik vino va yeyiladigan uzum navlarini ekish uchun sugʻorish tizimini oʻrnatgan holda oʻzlashtirish 1000 2007-yil III chorak 398,2 Oʻz mablagʻlari “Kusam noz-neʼmatlari” MChJ Qoʻshimcha yerlarni oʻzlashtirish Jami: 2476,5 Navoiy viloyati 12. Quritilgan mevalarni ishlab chiqarish va qadoqlashni tashkil etish Yiliga 300 tonna quritilgan mahsulot 2009-yil 150 “Turonbank” AK krediti “Tasmachi iqbol” fermer xoʻjaligi Quritilgan mevalarni ishlab chiqarish, 200 ming AQSh dollari miqdorda mahsulotni eksport qilish Jami: 150 Namangan viloyati 13. Konserva mahsulotlarini “Tvist-Off” tipidagi shisha idishlarga toʻldirish va yopish uchun uskunalarni joriy qilish Minutiga 120 banka 2007-yil IV chorak 50 Investor — “Baltimor” (RF) kompaniyasi “Namangan konserva” OAJ Mahsulot sifatini va eksportbopligini oshirish 14. Mavjud “SANDVIK” sabzavot quritish liniyasining alohida agregatlarini almashtirgan holda rekonstruksiya qilish (Italiya) 7200 tonna quritilgan mahsulot 2007-yil I chorak 150 Investor — “Mytko holding” (Gollandiya) firmasi “Toʻraqoʻrgʻon shirinlik” QK Mahsulot sifatini va eksportbopligini oshirish 15. Konyak spirtini olish uchun haydovchi apparatlarni oʻrnatish Yiliga 15 ming dal a/a 2007-yil II chorak 100 “Paxta bank” AK krediti “Namanganvino” OAJ Ishlab chiqarish quvvatini oshirish 16. Dubdan ishlangan bochka taralari boʻlgan soatiga 20 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega uzumni birlamchi qayta ishlash liniyasi Soatiga 20 tonna 2007-yil IV chorak 300 “Paxta bank” AK krediti “Namanganvino” OAJ Mahsulotning sifati va eksportbopligini oshirish Jami: 600 Samarqand viloyati 17. Mavjud texnologik liniyani modernizatsiya qilish 300 ming dal 2007-yil III chorak 500 “Ipak yoʻli” AITB krediti Xovrenko nomidagi MChJ Mahsulot eksportbopligi sifatini oshirish 18. Kishmishni qayta ishlash va qadoqlash korxonasini tashkil etish loyihasini amalga oshirish Yiliga 2000 tonna 2006-yil IV chorak 349,8 Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki krediti “URGUT GOLDEN MChJ Mahsulot eksportbopligini ishlab chiqarish Jami: 849,8 Surxondaryo viloyati 19. Yuqori sifatli quruq vino va shampan vinosi materiallarini olish uchun dubdan ishlangan bochka taralari boʻlgan soatiga 20 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega uzumni birlamchi qayta ishlash liniyasi 20 tn/soat 2007-yil II chorak 300 “Savdogar” ATB krediti “Oltinsoy sharob” OAJ Mahsulotning sifati va eksportbopligini oshirish 20 Konyak spirtini olish uchun haydovchi apparatlarni oʻrnatish Yiliga 15 ming dal a/a 2007-yil III chorak 100 Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish Jami: 400 Sirdaryo viloyati 21. KXS firmasining (Germaniya) aroqni ishlab chiqarish uchun filtrlovchi qurilmasi 292 ming dal 2007-yil II chorak 20 Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki krediti “Sirdaryo sharob” OAJ Mahsulot sifatini yaxshilash Jami: 20 Toshkent viloyati 22 AC-500 tomat liniyasiga sigʻimi 200 kg aseptik laminatlangan tomat pastasini qadoqlash liniyasini oʻrnatish Soatiga 5 tonna tayyor mahsulot 2008-yil 400 Investor — “Baltimor” (RF) kompaniyasi U. Yusupov nomidagi OAJ Mahsulot sifatini va eksportbopligini oshirish 23. Konserva mahsulotlarini “Tvist-Off” tipidagi shisha idishlarga toʻldirish va yopish uchun uskunalarni joriy qilish Minutiga 120 banka 2008-yil 50 Mahsulot sifatini va eksportbopligini oshirish 24. Konserva mahsulotlarini “Tvist-Off” tipidagi shisha idishlarga toʻldirish va yopish uchun uskunalarni joriy qilish Minutiga 120 banka 2007-yil IV chorak 50 Investor — “Baltimor” (RF) kompaniyasi “Gʻazalkent” OAJ firmasi Shisha taradagi mahsulotning tovar koʻrinishini yaxshilash, eksportbopligini oshirish 25. “Yedinstvo” firmasining (Yugoslaviya) sutkasiga 500 tonna tomat pastasini ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan mavjud liniyasini modernizatsiya qilish Sutkasiga 500 tonna 2010-yil 200 Tarkibida 36 foiz quruq moddalari boʻlgan ishlab chiqarilgan tomat pastasi mahsulotlarining tovar koʻrinishini yaxshilash, eksportbopligini oshirish 26. KXS firmasining (Germaniya) aroqni ishlab chiqarish uchun filtrlovchi qurilmasi 210 ming dal 2007-yil II chorak 20 “Hamkorbank” AK krediti Agrofirma “Yash iyul” OAJ Mahsulot sifatini yaxshilash 27. Yuqori sifatli quruq vino va shampan vinosi materiallarini olish uchun dubdan ishlangan bochka taralari boʻlgan soatiga 20 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega uzumni birlamchi qayta ishlash liniyasi Soatiga 20 tonna 2010-yil 500 “Paxta bank” AK krediti “Parkent sharob” OAJ Mahsulot sifatini va eksportbopligini oshirish 28. Oziq-ovqat qoʻshimchalari, ziravorlar koʻrinishida meva va sabzavot kukunlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Yiliga 80 tonna 2006-yil 185,7 “Mikrokreditbank” ATB krediti “Parkent Packing” MChJ Eksportbop mahsulotni ishlab chiqarish 29. Xitoy texnologiyasi asosida umumiy maydoni 3 gektar boʻlgan 20 ta issiqxona qurish Yiliga 372 tonna 2006-yil 500 Oʻz mablagʻlari “Green-agro” SHK Yangi texnologiyani joriy qilish 30. Chirchiq tumani Guliston sh/x da konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish va tunuka taralarni tayyorlash Yiliga 500 tonna 2006-yil 50 Oʻz mablagʻlari “Oʻzaviatrans” MChJ Tara qadoqlaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish 31. Yangi mahsulotlarni nazorat qilinadigan gazli atmosfera muhitida saqlash texnologiyasini joriy qilish Yiliga 1000 tonna 2008-yil 1095 Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki krediti “Parkent greyp” MChJ Yangi texnologiyani joriy etish Jami: 3050,7 Fargʻona viloyati 32. “Bertutssi” firmasining (Italiya) anor sharbati va boshqa meva sharbatlarini ishlab chiqarish va quyish liniyasini modernizatsiya qilish Yiliga 500 tonna tayyor mahsulot 2007-yil II chorak 100 “Asaka” ATB krediti “Quva konserva” OAJ Konserva mahsulotlarni sifatini yaxshilash va eksportbopligini oshirish 33. Konserva mahsulotlarini “Tvist-Off” tipidagi shisha idishlarga toʻldirish va yopish uchun uskunalarni joriy qilish Minutiga 120 banka 2007-yil III chorak 50 Mahsulotlarni sifatini va eksportbopligini oshirish 34. Sabzavotlarni mikrotoʻlqinli usulda quritish texnologiyasini joriy etish Yiliga 450 tonna 2005-yil 500 Oʻz mablagʻlari “GREEN-FOOD” SHK Eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish Jami: 650 Xorazm viloyati 35. Quritilgan mevalarni ishlab chiqarishni va qadoqlashni tashkil etish Yiliga 200 tonna quritilgan mahsulotlar 2010-yil 150 Investor — “S-Agrikol” kompaniyasi (RF) “Namuna Agrofud” QK Quritilgan mevalarni ishlab chiqarish, 120 ming AQSh dollari miqdorida eksport uchun yetkazib berish Jami: 150 Toshkent shahar 36. 200 kg sigʻimli aseptik qoplarga qadoqlangan konsentrlangan olma sharbatini ishlab chiqarish liniyasini oʻrnatish Yiliga 1000 tonna tayyor mahsulot 2007-yil I chorak 1000 Oʻz mablagʻlari — 500 ming dollar va “Oʻzsanoat-qurilishbank” ATB kreditlari — 500 ming dollar “Creen World” l QK Ishlab chiqarish hajmini hamda eksportni 1500 ming AQSh dollari miqdorida oshirish Jami: 1000 Jami 11187 Jami investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 11187 ming doll. shu jumladan: xorijiy investitsiyalar 3590 ming doll. Oʻzbekiston Respublikasi banklarining kreditlari 5648,8 ming doll. Korxona va tashkilotlarining oʻz mablagʻlari 1948,2 ming doll.
