Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qarori) (28-son)
22.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-fevral,
28-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-fevraldagi 28-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 31-ilovaning 2-bandi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-sentabrdagi 310-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshidan “va ekologiya soligʻidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-dam olish zonasida “Chorvoq oromgohi” sogʻlomlashtirish markazi qurilishini tugallash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-yanvardagi 10-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshidagi “yer soligʻi va ekologiya soligʻi” soʻzlari “va yer soligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
