Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida (1533-son)
03.01.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi RAISINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-yanvarda 1533-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni meʼyorlash boʻyicha taklif etilgan yoʻriqnoma* tasdiqlansin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida uning davlat roʻyxatiga olingandan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruqning kuchga kirishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 11.07.1994-yil 14-TK-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Atmosfera havosini ifloslantirish manbalari inventarizatsiyasini tashkil qilish va uni oʻtkazish tartibi. Yoʻriqnoma.” nomli 118.0027714.35-94-sonli rahbariy hujjat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 05.11.1992-yil 5-TK-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlashning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy meʼyorlari loyihalarining tarkibini belgilash uchun korxonaning toifasini aniqlash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar” nomli 118.0027714.17-92-sonli rahbariy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ALIXONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-dekabr,
105-son
