Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (51-son)
24.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ–255-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-mart,
51-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomda:
1 va 2-bandlardagi, 3-bandning uchinchi xatboshidagi hamda 22-banddagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5 va 26-bandlardagi hamda 27-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qarori 1-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi, 3, 7 va 8-bandlaridagi, shuningdek qarorga 1-ilovaning nomidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sogʻlomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar bilan hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-martdagi 134-son qaroriga 1-ilovaning 5.22-bandidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi boʻlimi nomidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari bilan almashtirilsin.
