6-modda. Fuqarolarning soliq toʻlash tartibi
Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Yer uchastkalarining mulkdorlari, yerga egalik qiluvchi yoki yerdan foydalanuvchi fuqarolar soliq organlari tomonidan har yili 1-yanvargacha boʻlgan holatga qarab roʻyxatga olinadilar. Soliqni hisoblash va uni toʻlash haqidagi xabarnomalar taqdim etish 1-aprelga qadar tugallanadi. Fuqarolar yer soligʻini yiliga bir marta 1-noyabrga qadar toʻlaydilar.
Fuqarolarga yil davomida yer uchastkasi ajratilgan (qoʻshimcha yer berilgan) hollarda yer soligʻi yer uchastkasi ajratilgandan keyingi oydan boshlab hisoblanadi. Yer soligʻi undirish yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari olganlari taqdirda yer soligʻini yer olgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlaydilar. Yer soligʻi undirish yer uchastkasi sotilgan oydan boshlab toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Yer soligʻi berib qoʻyilgan yer uchastkasidan foydalanilgani yoki foydalanilmaganidan, shuningdek qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligi darajasidan qatʼi nazar, undiriladi.
