8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida (93-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning vakolatlari: uning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi iltimosiga binoan; salomatligi oʻz vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan darajada yomonlashganligi munosabati bilan; qasamyodni buzgan taqdirda; sudning unga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan muddatidan ilgari toʻxtalishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti hayʼatiga kiruvchi shaxsning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisi taqdimnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyalari oraligʻidagi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxsning vakolatlari u qasamyodni buzgan yoki sudning unga nisbatan chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda toʻxtatib turiladi. Vakolatni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisi tomonidan qabul qilinadi.
