6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetini saylash
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida (93-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining aʼzolari, raisi, rais oʻrinbosarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti oʻn yil muddatga saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining shaxsiy hayʼati toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti faoliyatida uzluksizlikni taʼminlash maqsadida har besh yilda uning hayʼatining yarmi yangilanadi.
Komitetning yangi saylangan aʼzolari saylangan vaqtlaridan boshlab oʻz lavozimlarini egallaydilar.
