22-modda. Hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga nomuvofiqligini bartaraf etish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida (93-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Hujjatni qabul qilgan organ Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining xulosasida koʻrsatilgan hujjat yoki uning qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga nomuvofiqligini ikki oy ichida bartaraf etadi. Zarur hollarda nomuvofiqlikni bartaraf etish muddatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi uzaytirishi mumkin.
Koʻrsatib oʻtilgan muddat tugaganidan keyin, basharti nomuvofiqlik bartaraf etilmasa, komitet tegishli boʻlishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetiga ularga boʻysunuvchi organ yoki mansabdor shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga mos kelmaydigan hujjatini yoxud hujjatning ayrim qoidalarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining komitet xulosasini rad etish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari umumiy soni uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi. Agar komitet xulosasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetida ovozlarning zarur sonini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mos kelmaydigan hujjat yoki uning ayrim qoidalari oʻz kuchini yoʻqotadi.
