14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi va Rais oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida (93-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining Raisi Komitet ishiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻz tashabbusi bilan yoki Komitetning kamida uch aʼzosining taklifiga koʻra komitetning majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, shuningdek, ushbu Qonun bilan uning zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti Raisining oʻrinbosari komitet Raisi bergan vakolatga muvofiq uning baʼzi vazifalarini bajaradi va Rais boʻlmagan hollarda yoki u oʻz vazifalarini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmaganda uning oʻrnini egallab turadi.
Komitet Raisi va uning oʻrinbosari oʻz vazifalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan hollarda Rais yoki uning oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarish uchun qaytib kelgunga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti yangi Rais va rais oʻrinbosarini saylagunga qadar komitet oʻz ichidan rais sifatida ish olib boradigan muvaqqat Raisni saylaydi.
