12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat koʻrib chiqishi uchun masalalarni kiritish
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida (93-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetida koʻrib chiqish uchun kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va oʻzga hujjatlari loyihalari xususidagi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari kamida beshdan bir qismining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va oʻzga hujjatlar xususidagi;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari xususidagi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining takliflariga binoan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari xususidagi;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti topshirigʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarining kamida beshdan bir qismining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining takliflariga binoan — Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma majburiyatlari va boshqa majburiyatlari xususidagi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining topshirigʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti doimiy komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati komiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat hakami, jamoat tashkilotlari respublika organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq prokurorlik nazorati amalga oshirilmaydigan boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining normativ huquqiy hujjatlari xususidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
