10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti nazorat qiladigan hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasida konstitutsion nazorat toʻgʻrisida (93-XII-son) · Sana: 20.06.1990 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti muhokamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va boshqa hujjatlarning loyihalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini qarab chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Raisining qarorlari va farmoyishlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining qarorlari va farmoyishlari;
Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash uchun taqdim etilgan xalqaro shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining rahbariy tushuntirishlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat hakamining normativ tusdagi hujjatlari, shuningdek boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq prokuror tomonidan nazorat qilinmaydigan normativ huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini nazorat qilib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetining nazorat qilish vazifalari sudlarning hukmi va boshqa qarorlariga, tergov, prokuratura davlat hakamligi organlarining grajdanlik, jinoiy, maʼmuriy ishlariga doir qarorlariga taalluqli emas.
