“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (474-II-son) · Sana: 24.04.2003 · Amalda
Iqtisodiy sud tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilib, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qoʻllanilmaydi.
Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga boʻlgan oʻz talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi eʼlon chiqarilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida unga taqdim etishga haqli.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-955375
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 186-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (474-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-955393/186 (lex.uz/docs/-955375)