“179-2-modda. Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzganlik
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida (515-XII-son) · Sana: 14.01.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga tovarlar, materiallar, xomashyo qishloq xoʻjalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzish xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo chorasi koʻrilganidan keyin sodir etilsa, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilib, olib chiqib ketilayotgan tovar-moddiy boyliklarni musodara etish bilan yoki oʻn ming soʻmdam yigirma besh ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi”;
3) 1959-yil 21-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda) 108-moddasining toʻrtinchi qismi “179-moddaning ikkinchi qismi” degan soʻzlardan keyin “179-2-moddasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
515-XII-son
