Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (288-son)
31.12.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari kompaniyalari, uyushmalari va xoʻjalik birlashmalarini oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 182-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom III boʻlimining 8-bandiga ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarining oʻzaro pullik majburiyatlari boʻyicha qarzlarini toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda koʻrib chiqish”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
288-son
