“239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-18-son) · Sana: 28.12.2005 · Amalda
Nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar bundan mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat roʻyxatidan oʻtmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni amalga oshirishi —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining hamda ularning xodimlarining siyosiy faoliyatda, shuningdek ustavdagi maqsad va vazifalarga toʻgʻri kelmaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi, xuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va shunday tashkilotlarni tuzishni qoʻllab-quvvatlashi —
fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari, ularning vakolatxonalari va filiallari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning roziligisiz tadbirlar oʻtkazishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari oʻtkazayotgan tadbirlarga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etmasligi, oʻz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi —
