“271-modda. Zararlarni taqsimlab oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-17-son) · Sana: 27.12.2005 · Amalda
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan, chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb eʼtirof etiladi.
Soliq toʻlovchi koʻrilgan zararlarni zarar koʻrilgan hisobot yilidan keyingi besh yil muddat davomida taqsimlab oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir.
Oʻtgan hisobot yilida yoki oʻtgan hisobot yillarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararga (zararlarga) ega boʻlgan daromad (foyda) soligʻi toʻlovchilar joriy yildagi soliq solinadigan daromadni (foydani) koʻrilgan zararlarning toʻliq summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Taqsimlab oʻtkazilayotgan zararning har bir navbatdagi yilda hisobga olinadigan jami summasi ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy yildagi soliq solinadigan daromadning (foydaning) 50 foizidan oshmasligi kerak.
Soliq solinadigan baza oʻrni qoplanishi kerak boʻlgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari boʻyicha kamaytirilishi mumkin.
Birdan ortiq kalendar yilda koʻrilgan zararlar ular koʻrilgan ketma-ketlikda taqsimlab oʻtkaziladi.
Soliq toʻlovchining daromad (foyda) soligʻidan ozod qilingan davrdagi zararlari keyingi davrlarga taqsimlab oʻtkazilishi mumkin emas”;
6) 30-modda jadvalining birinchi xatboshisidagi “15” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
7) 55-modda birinchi qismining jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Jami daromad miqdori Soliq summasi eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha daromad summasining 13 foizi eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 soʻm) oʻn baravari miqdorigacha eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 20 foizi eng kam ish haqining oʻn baravari miqdoridan (+1 soʻm) va undan yuqori miqdoridan eng kam ish haqining oʻn baravari miqdoridan olinadigan soliq + oʻn baravaridan oshadigan summaning 29 foizi
8) 72-moddaning:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) IX boʻlim chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun 2006-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-dekabr,
OʻRQ-17-son
