“l631-modda. Kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-19-son) · Sana: 31.12.2005 · Amalda
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismidagi “163” raqami “163, 1631” raqamlari bilan almashtirilsin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
OʻRQ–19-son
