Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida (275-son)
21.12.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qarorini bajarish yuzasidan hamda iqtidorli, oʻz kasbiga sodiq pedagoglarni ragʻbatlantirish, oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashning adolatli va oshkora mexanizmini joriy etish hisobiga ularning tashabbuskorligi va kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirish, umumtaʼlim maktablari xodimlari mehnatini baholash va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini hal qilishda maktablarning mustaqilligini oshirish hamda pedagogik jamoalar huquqlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida davlat hokimiyati mahalliy organlari, xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari, pedagoglar jamoatchiligi vakillari ishtirokida xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Maktab va qoʻshimcha taʼlim, madaniyat va sport muassasalari pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Maktab va qoʻshimcha taʼlim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari 2a-ilovaga muvofiq;
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari 2b-ilovaga muvofiq;
Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Direktor jamgʻarmasi barcha umumtaʼlim muassasalarida — maktablarda tashkil etiladi;
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari faqat umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga ustamalar belgilash uchun yoʻnaltiriladi;
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan ustamalar bilan umumtaʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qoʻshayotgan, oʻz kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli oʻqituvchilari ragʻbatlantiriladi.
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga Direktor jamgʻarmasidan har oylik ustamalar va boshqa ragʻbatlantirishlar belgilash toʻgʻrisidagi qarorlar umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Bunda xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlarining umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar oʻquvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 52,8 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda sinfdagi (sinf — komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda — 17,6 foiz;
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz;
g) laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda, fizika yoki kimyo fani oʻqituvchilaridan biriga — 50 foiz.
Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda Umumtaʼlim muassasasi-maktab huzuridagi maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
maxsus komissiyaning huquqlari va masʼuliyati, uning majlislarini oʻtkazish va qarorlar qabul qilish tartibini;
pedagogik mehnatni baholash mezonlari asosida oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibini;
Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini;
maxsus komissiyalarning samarali faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni tartibga solish nazarda tutilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini hamda Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni, keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazgan holda, qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularda:
pedagog xodimlar malakasini, bilim darajasini va pedagogik mahoratini baholashning ular malakasi xolisona baholanishini taʼminlovchi mezonlarini takomillashtirish, shuningdek pedagog malakasi pasaygan taqdirda belgilangan toifani pasaytirish;
oʻqituvchilar lavozimiga faqat oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadigan tartibni belgilash;
malaka toifasi berish uchun zarur boʻlgan eng kam staj muddatlarini belgilash nazarda tutilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yil 1-yanvargacha xalq taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan, ayniqsa joylarda zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2006-2007-yillar mobaynida umumtaʼlim muassasalarining barcha pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda uning natijalariga koʻra xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil I yarim yilligi yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq monitoring oʻrnatsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot bersinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2006-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-dekabr,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 1-ILOVA
Maktab va qoʻshimcha taʼlim, madaniyat va sport muassasalari pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari
T/rLavozimlar nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)oliy malaka toifalibirinchi malaka toifaliikkinchi malaka toifalioliy maʼlumotlioʻrta maxsus maʼlumotli1.Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, oʻqituvchi-defektologi, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumtaʼlim maktablarining maxsus pedagogi4,0473,6623,2872,9362,7442.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari qoshidagi oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat shoʻbasi xodimlari3,8713,5033,1442,8082,6253.Qoʻshimcha taʼlim muassasasining oʻqituvchi-treneri, oliy sport mahorati maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining, bolalar sport maktablarining instruktor-metodistlari, sport psixologi2,8452,6572,4872,3182,1544.Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi3,3963,1782,9612,7532,5525.Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi hamda maktab-internati konsertmeysteri2,9612,7532,5522,3612,1796.Barcha tipdagi muassasalar tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodist)4,0473,6623,2872,9362,0587.Umumiy oʻrta tipdagi muassasalar psixologlari, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari3,2053,0222,8292,6422,4708.Barcha tipdagi muassasalarning psixologi (7-banddan tashqari) va qoʻshimcha muassasalari instruktor-metodisti (3 va 11-bandlardan tashqari)1,7951,6681,5471,4301,3219.Barcha muassasalardagi metodist, pedagog-tashkilotchi, toʻgaraklar rahbarlari, barcha ixtisosliklar instruktorlari, akkomponiator, musiqa rahbari, madaniyat ishlari boʻyicha tashkilotchi (11-banddan tashqari)1,5791,4531,3321,2161,10610.Barcha muassasalardagi studiyalar, seksiyalar rahbarlari, katta vojatiy, ekskursovod1,5111,3901,2741,1631,05711.“Mehribonlik” uylari musiqa rahbarlari va trener yoʻriqchisi, bolalar shaharchalari musiqa rahbarlari2,7242,5062,2972,0971,90712.Kutubxona mudiri2,0181,84913.Kutubxonachi1,6881,60414.Yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi) 2,470
Izoh:
Qoʻshimcha taʼlim muassasalari boʻlim, seksiya, laboratoriya, kabinet mudirining ish haqi miqdori (kontingentdan qatʼi nazar) ikkinchi malaka toifali toʻgarak rahbarining ish haqiga teng miqdorda belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar toʻgarak rahbarlarining bazaviy tarif stavkasi miqdorlari davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oliy maʼlumotli oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasining 80 foizi miqdorida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 2-ILOVA
Maktab va maktabdan tashqari taʼlim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari
T/rLavozimlar nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan(koeffitsiyentda)I guruhII guruhIII guruhIV guruhIRahbarlar1.1Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori5,8445,5255,2104,8791.2“Mehribonlik” uyi direktori4,342 4,066 xx1.3Qoʻshimcha taʼlim muassasasi direktori1,795 1,668 1,547 x1.5Respublika dam olish maskani direktori3,738 3,501 3,501 x1.6Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori3,037xxx1.7Bolalar sport maktabi direktori2,845 2,657 2,487 x1.8Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori4,0743,814xxIIRahbarlarning oʻrinbosarlari2.1Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosarlari (2.9-banddan tashqari), maktab maslahatchisi5,295 4,993 4,676 4,368 2.2“Mehribonlik” uyi direktorining oʻrinbosari4,066 3,798 xx2.3Qoʻshimcha taʼlim muassasasi direktorining oʻrinbosarlari (2.8-banddan tashqari)1,668 1,547 1,430 x2.5Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining oʻrinbosari2,845xxx2.6Sport maktabi direktorining oʻrinbosari, filial direktorlari2,6572,4872,318x2.7Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari3,8143,554xx2.8Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari1,980 1,828 1,681 1,541 2.9Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari2,2772,1021,9331,7722.10Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari2,1782,0111,8491,695
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 2a-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari
1. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:
T/rLavozim nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)oliy malaka toifalibirinchi malaka toifaliikkinchi malaka toifalioliy maʼlumotlioʻrta maxsus (kasb-hunar) maʼlumotli1.Til oʻqituvchilari, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilari4,0473,6623,2872,9361,859*2.Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi (oliy maʼlumotli tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilaridan tashqari)4,0473,6623,2872,9361,717*3.Psixologlar3,2383,0522,8582,6691,859*4.Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yoʻriqchilari2,0531,8891,7311,5801,4375.Oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar pedagogik maʼlumotli tarbiyachi yordamchisi1,5676.Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar nopedagogik maʼlumotli va umumiy oʻrta maʼlumotli tarbiyachi yordamchisi1,249
*Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3 va undan yuqori kurslarida oʻqiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashda qoʻllanadi.
2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:
T/rLavozim nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan(koeffitsiyentda)I guruhII guruh 1.Direktor4,6764,368
Izoh. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining bazaviy tarif stavkasi tashkilotlar guruhidan kelib chiqib belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 2b-ILOVA
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari
1. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:
T/rLavozimlar nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)Shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri va qishloq tumanlariShahar tumanlariViloyatga boʻysunuvchi shaharlarI guruhII guruhI guruhII guruh1.Boʻlim boshligʻi3,4393,2343,2343,0323,2342.Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, shoʻba boshligʻi2,8362,6432,8362,6432,6433.Bosh mutaxassis2,5112,3312,5112,3312,3314.Yetakchi mutaxassis2,2602,0982,2602,0982,0985.Mutaxassis1,6361,5101,6361,5101,510
2. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:
T/rLavozimlar nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan(koeffitsiyentda)Shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri, qishloq tumanlari, shahar tumanlariViloyatga boʻysunuvchi shaharlarI guruhII guruh1.Bosh buxgalter4,1273,8813,8812.Bosh buxgalter oʻrinbosari, bosh iqtisodchi, bosh iqtisodchi — guruh rahbari3,8813,6393,6393.Guruh rahbari (xodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha, tovar-moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha, davlat xaridlari va shartnomalar boʻyicha, oziq-ovqat mahsulotlari hisobi boʻyicha)3,6393,4033,4034.Bosh mutaxassis (iqtisodchi, xodimlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha buxgalter, tovar-moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha buxgalter, oziq-ovqat mahsulotlari hisobi boʻyicha buxgalter, davlat xaridlari va shartnomalar boʻyicha mutaxassis)3,1712,9452,945
3. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari:
T/rLavozimlar nomiMehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan(koeffitsiyentda)Shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri, qishloq tumanlari, shahar tumanlariViloyatga boʻysunuvchi shaharlarI guruhII guruh1.Xizmat boshligʻi-bosh muhandis2,5872,4262,4262.Bosh mutaxassis2,1141,9631,9633.Mutaxassis (taʼlim muassasalari qozonlari va isitish tizimlarini nazorat qilish boʻyicha), kommunal xizmatlar boʻyicha inspektor, binolarning texnik holati va infratuzilmasini nazorat qilish va jihozlash boʻyicha muhandis1,9631,8131,813
3.1. Maxsus taʼmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari:
T/rLavozimlar nomiMehnatga haq toʻlash razryadlari1.Elektromontyor, chilangar-santexnik, payvandchi62.Dispetcher, ekspeditor53.Yengil avtomobil haydovchisi*
*Mazkur lavozimlar boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ILOVA
Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan yoki aralash moliyalashtiriladigan xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari va rahbarlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
budjet tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan Yagona tarif setkasi asosida xalq taʼlimi tizimi muassasalarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq Yagona tarif setkasi asosida xalq taʼlimi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Xalq taʼlimi tizimi xodimlari mehnatining ish haqi bazaviy tarif stavkasini hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
II. Xalq taʼlimi muassasalari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
3. Xalq taʼlimi xodimlarining lavozim maoshlari:
taʼlim muassasalari pedagog va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida hamda qonunchilikda belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi;
Xalq taʼlimi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
xalq taʼlimi muassasasining tipiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
Xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:
Xalq taʼlimi muassasasining tipiKontingent soni (kishi)I guruhII guruhIII guruhIV guruhUmumtaʼlim maktablari*1601 nafar va undan ortiq881 — 1600401 — 880400 nafargacha“Mehribonlik” uylari201 nafar va undan ortiq200 nafargachaMusiqa maktablari va sanʼat maktablari401 nafar va undan ortiq400 nafargachaQoʻshimcha taʼlim muassasalari601 nafar va undan ortiq301 — 600300 nafargachaSport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablariMuassasalarni tegishli guruhga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
* Umumtaʼlim muassasalariga umumtaʼlim maktablari hamda barcha tip va nomdagi maktab-internatlar kiradi.
4. Xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy oʻsishini ragʻbatlantirish uchun quyidagi malaka toifalari va ushbu malakalarni olish uchun xodimlarning maʼlumot darajasiga qoʻyiladigan asosiy talablar belgilanadi:
oʻrta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq boʻlgan) maʼlumotga ega boʻlgan, toifasi boʻlmagan xodim;
bakalavr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan oliy toifali mutaxassis.
Xalq taʼlimi xodimlariga malaka toifalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Xodim xalq taʼlimining bir muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
7. Umumtaʼlim muassasalarining oʻrta maxsus, kasbiy yoki oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, mazkur Nizom kuchga kirgan paytda pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan pedagog xodimlari uchun, ularning pedagogik tajribasini, shuningdek ular 2006-2007 oʻquv yilida maʼlumot olish uchun tegishli oʻquv muassasalariga oʻqishga kirishlarini hisobga olgan holda, oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni umumtaʼlim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
III. Ustamalar va qoʻshimcha haqlar
10. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar oʻquvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 52,8 foiz;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda sinfdagi (sinf — komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda — 17,6 foiz.
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz.
g) laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda, fizika yoki kimyo fani oʻqituvchilaridan biriga — 50 foiz.
Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
11. Xodimdan qoʻshimcha pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida sharoitlarida ishlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Xodimdan qoʻshimcha pedagogik malakani talab etadigan pedagogik lavozimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan ustamalar saqlanib qoladi, ularning miqdori esa xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblab chiqiladi.
111. Uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarni, shu jumladan, bir xil yoshdagi va bitta manzildagi ikki va undan ortiq oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi.
Mazkur kompensatsiya maktabdan uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda hamda uyda oʻqitilayotgan oʻquvchiga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda, uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Uyda oʻqitiladigan bolalar roʻyxati, shuningdek, ularning maktabga biriktirilishi tuman (shahar)maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan uyda oʻqitiladigan bolalarning yashash joyi mikrouchastkasidagi maktablarga biriktirilgan holda tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlardan uyda yakka tartibda oʻqitiladigan bolalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
ketma-ket ikki oydan ortiq boʻlmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda boʻlmagan xodimlarning oʻrnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq toʻlashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan oʻrindoshlik boʻyicha boshqa maktablardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq toʻlashda;
oʻrnini bosish tartibida umumtaʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan oʻtilgan oʻquv soatlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
13. Umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq toʻlash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
14. Xalq taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qatʼi nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) yoʻl qoʻyiladi.
V. Xalq taʼlimi muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
15. Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslangan.
Yillik ish rejasi oʻquv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti sarfi koʻrsatilgan holda ularning roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Oʻqituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar boʻyicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin xalq taʼlimi muassasasi maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish xalq taʼlimi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Yakka tartibdagi yillik ish rejalarini ishlab chiqishda xalq taʼlimi muassasasi maʼmuriyati oʻqituvchilar va pedagog xodimlar boshqa toifalarining oʻquv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin. Bunda oʻquv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki koʻpaytirish tomonga 10 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.
18. Alohida hollarda xalq taʼlimi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qoʻshib olib borishga, shuningdek oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda lavozimlarni birga qoʻshib olib borish boʻyicha ish vaqtining jami davom etishi mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan, yaʼni yil mobaynida 774 soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
19. Xalq taʼlimi muassasasining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yoki xalq taʼlimi muassasasini boshqarishning boshqa kollegial organida yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi.
20. Oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati asosida oʻqituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq boʻlgan qismi boʻsh ish oʻrinlari sifatida qayd etilmaydi.
21. Pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun toʻlanadigan ustamalar, tarifikatsiya roʻyxatida ajratilgan dars soatlariga (oʻqituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda toʻlab beriladi.
Bunda direktor jamgʻarmasi hisobidan yangi oʻquv yili uchun tayinlangan ustamalar joriy yilning 1-sentabridan boshlab kelgusi yilning 31-avgustiga qadar toʻlab boriladi.
22. Boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha guruhlardan birining oʻqituvchisi turli sabablarga koʻra darsda boʻlmagan holatlarda guruhlar qoʻshib oʻqitiladi hamda qoʻshib oʻqitganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.
Bunda ushbu fanlar boʻyicha oʻqituvchilar mavjud boʻlsa boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2006-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi muassasalarining qoʻshimcha haq toʻlanadigan xodimlarining lavozimlari, qoʻshimcha haqning turlari va miqdorlari roʻyxatidagi 5, 9-11, 13-14, 20 va 22-bandlar (1-ilova).
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 62-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar mehnatini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga doir eksperiment oʻtkazish va xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish toʻgʻrisida” 2004-yil 15-iyuldagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 66-modda).
