“2681-modda. Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlari
Baʼzi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-14-son) · Sana: 19.12.2005 · Amalda
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlariga ushbu Kodeksning 178, 1781 va 2151-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning nomi va matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
