Meʼyoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida (291-1-son)
23.10.2000
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarish natijasi boʻyicha 2000-yil 23-oktabrdagi xulosaga muvofiq xamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 15-dekabrda 291-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Qurilish va tosh qoplamasi konlariga zaxiralarni qoʻllash boʻyicha Vaqtinchalik yoʻriqnoma davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi mazkur hujjat davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslarga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (M.M.Ikromov) ushbu hujjat davlat reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot ommaviy axborot vositalarida chop etilishi hamda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi X.M.Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Vazir A.A. POLVON-ZODA
Toshkent sh.,
2000-yil 23-oktabr,
132-mh-son
