2000-2001-yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (511-son)
26.11.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirishni yanada chuqurlashtirish, ushbu jarayonlarga xorijiy investorlarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki:
3. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish Davlat komissiyasiga, ayrim hollarda, iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarga investitsiyalar jalb qilinganda:
korxona (aksiyalar ulushi) sotilishigacha budjet va davlat korxonalari oldida toʻplanib qolgan qarzlar tarkibini oʻzgartirish, shu jumladan ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlarni oʻzlashtirish davrida xorijiy investorning soʻroviga koʻra tabiatni muhofaza qilish koʻrsatkichlari boʻyicha talablarni oshirish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilova*ga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 4 - ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-noyabr,
511-son
