Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1530-son)
05.12.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-dekabrda 1530-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ–213-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz:
1. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng, oʻn kundan keyin amalga kiritiladi.
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-noyabr,
597-son
Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari T. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-noyabr,
8-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-noyabr,
145-son
